Andijon viloyati Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi rahbariyati Qo'rg'ontepa tumanidagi "Yangi hayot" mahalla fuqarolar yig'ini hududida sayyor qabul tashkil etdi.

Qabul davomida fuqarolar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi mavjud muammolar yuzasidan o'z murojaat va takliflarini bildirdilar. Mutasaddilar ko'tarilgan masalalarni joyida o'rganib, ularning yechimi yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni ko'rdilar.

Tashkilotchilarning ta'kidlashicha, bunday sayyor qabullarning asosiy maqsadi fuqarolar murojaatlarini o'z vaqtida tinglash, ularga amaliy yordam ko'rsatish hamda aholining ekologiya bilan bog'liq muammolarini bartaraf etishdan iborat.