Andijon viloyatida qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan U-17 futbol boʻyicha viloyat kubogi musobaqalari yakunlanib, gʻoliblarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Musobaqa natijalariga koʻra, birinchi oʻrinni Jalaquduq sport maktabi jamoasi egalladi. Ikkinchi oʻrinni Xoʻjaobod sport maktabi, uchinchi oʻrinni esa Andijon ISM jamoasi qoʻlga kiritdi.

Tashkilotchilar sportchilarga kelgusi uchrashuvlarda omad va zafarlar tiladi.