Paxtaobod tumanining Durdiyor mahallasida yangi pillani qayta ishlash korxonasi qurilmoqda. Loyihani "Silver Soft Fiber" mas'uliyati cheklangan jamiyati amalga oshirmoqda.
Korxona ishga tushirilgach, bu yerda 150 ta yangi doimiy ish o'rni tashkil etilishi rejalashtirilgan. Bu, birinchi navbatda, mahallada ish izlab yurgan fuqarolarni barqaror daromad manbai bilan ta'minlashga xizmat qiladi.
Mas'ullarning ta'kidlashicha, yangi ishlab chiqarish quvvatining yaratilishi tumanda sanoatni rivojlantirish va mahalliy xom ashyoni qayta ishlash yo'nalishidagi ishlarning amaliy natijasi bo'ladi, shuningdek hudud iqtisodiy salohiyatini oshirishga ham ko'maklashadi.



