Paxtaobod tuman Majburiy ijro byurosi bo'limi xodimlari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari natijasida mahalliy tadbirkorlik tashkiloti foydasiga yirik miqdordagi mablag' undirib berildi.
Sud qaroriga asosan, Paxtaobod tuman obodonlashtirish boshqarmasi hisobidan "Chiroqchi montaj" MChJ foydasiga undirilishi belgilangan 657 million so'm mablag' to'liq qaytarib berildi.
Byuro vakillari ta'kidlashicha, bunday ijro harakatlari tadbirkorning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, uning haq-huquqlarini tiklash hamda qonun ustuvorligini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Majburiy ijro byurosi fuqarolar va tadbirkorlik sub'ektlarining qonuniy manfaatlarini ta'minlash, sud hujjatlari ijrosini o'z vaqtida yakunlash borasidagi ishlarni izchil davom ettirmoqda.



