25-oktabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan Paxtaobod tumani Ichki ishlar bo'limi binosida bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda tuman hokimi Davronbek Sattorov, soha xodimlari va bo'limda ko'p yillar faoliyat yuritgan faxriylar ishtirok etdi. Yig'ilish davomida bir guruh xodim va faxriylarga samarali mehnati, kasbiga sadoqati va jamoat xavfsizligini ta'minlashga qo'shgan hissasi uchun tashakkurnomalar va qimmatbaho sovg'alar topshirildi.

Tuman hokimi so'zga chiqib, barcha ichki ishlar organlari xodimlarini kasb bayrami bilan muborakbod etdi hamda ularga xizmat faoliyatida yangi yutuqlar tiladi.