Paxtaobod tuman hokimligida ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarni yarashtirish maqsadida maxsus uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda mutasaddi tashkilotlar vakillari, tuman imomlari hamda otinoyilar ishtirok etib, oilalarda tinchlik va totuvlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar.
Uchrashuv davomida ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan alohida suhbatlar olib borildi. Mas'ullar oila muqaddas qo'rg'on ekanini, farzandlar tarbiyasida ota-ona mehrining ahamiyatini alohida ta'kidladilar.
Shuningdek, kelib chiqqan muammolarni tinch yo'l bilan hal etish, oilalarda o'zaro hurmat va sabr-toqatni mustahkamlash zarurligi uqtirildi.



