Oltinko'l tumani hokimi o'rinbosari G'.G'ulomjonovna hamda tuman tibbiyot birlashmasi rahbarining onalik va bolalik masalalari bo'yicha o'rinbosari T.Burunduqov tumandagi tug'ruq kompleksiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida ona va chaqaloqlarga ko'rsatilayotgan tibbiy xizmatlar, shuningdek tug'ruq kompleksida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.

Suhbat chog'ida tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish, tug'ruq kompleksi sharoitlarini yaxshilash hamda onalik va bolalikni muhofaza qilish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.