Andijon viloyati Majburiy ijro byurosining Oltinko'l tuman bo'limi navbatdagi ijro ishini yakunladi. Byuro ishyurituvida bo'lgan ijro hujjatiga ko'ra, tumanda yashovchi ayolga uning kelinlik xonadonidan olib qo'yilgan mol-mulki qaytarib berilishi lozim edi.
Hujjatga binoan qarzdordan undiruvchiga jami 55 turdagi buyum qaytarilishi belgilangan edi. Ro'yxatga kelinning sepi sifatida keltirilgan kiyim-kechak, mebel, maishiy jihozlar va xo'jalik anjomlari kiritilgan.
Byuroning Oltinko'l tuman bo'limi xodimlari tomonidan o'tkazilgan ijro harakatlari natijasida hujjatda ko'rsatilgan barcha mol-mulk to'liq holda undiruvchiga topshirildi.
Ish yuzasidan ijro tadbirlarini Byuroning Oltinko'l tumani bo'limi davlat ijrochisi Shohjahon Jarqinboyev olib bordi.



