Oltinko'l tumani prokuraturasi tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish, tadbirkorlarning muammolarini tezkor hal etish va yangi ish o'rinlarini yaratish yo'nalishida ishlar davom ettirilmoqda.
Xususan, "BUILDINGS WISE" xususiy korxonasining LED chiroqlari ishlab chiqarishga qaratilgan loyihasi o'rganildi. Loyiha qiymati 3 million dollarni tashkil etadi va uning doirasida 80 ta yangi ish o'rni yaratilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, "Ko'makay orzusi" xususiy korxonasining qurilish materiallari ishlab chiqarishga mo'ljallangan loyihasi ham ko'rib chiqildi. Bu loyihaning qiymati 5 million dollarni tashkil etib, 150 ta yangi ish o'rni ochilishiga xizmat qiladi.
Ikki loyihani amalga oshirish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Andijon viloyati hududiy boshqarmasi tasarrufidagi bo'sh turgan davlat mulki obyektlarini korxonalarga ijaraga berish masalasi bo'yicha mas'ul mutaxassislarga aniq topshiriqlar berildi.



