Oltinkoʻl tuman prokurori Jasurbek Umurzakov boshchiligida Oʻzbekiston Prezidentining 2024-yil 16-yanvardagi yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish boʻyicha PF-11-son farmoni ijrosi ustidan tumanda doimiy nazorat olib borilmoqda.
Tumanda faoliyat yuritayotgan 320dan ortiq tadbirkorlik subyekti bilan oʻtkazilgan suhbatlar davomida "konvert" usulida, yaʼni rasmiylashtirilmagan tarzda ish haqi olayotgan xodimlarni "yagona milliy mehnat tizimi"ga roʻyxatdan oʻtkazish ishlari olib borildi. Natijada 650dan ortiq ish oʻrni legallashtirildi.
Shu bilan birga, tadbirkorlik subyektlarida norasmiy hamda yollanma tartibda ishlayotgan yana 270dan ortiq xodimning faoliyati qonuniylashtirilib, ular uchun rasmiy ish oʻrinlari yaratildi.
Prokuratura vakillari bu yoʻnalishdagi oʻrganish va amaliy tadbirlarning davom ettirilayotganini maʼlum qildi.



