Toshkent shahrida dzyudo sport turi bo'yicha o'tkazilgan JUDO SPORT CLUBS STARS xalqaro turnirida Marhamat tumani sportchi qizlari munosib ishtirok etib, yuqori natijalar ko'rsatdi.

Musobaqa yakunida tumanning sportchi qizlari jami olti medalga sazovor bo'ldi — ulardan uchtasi oltin, ikkitasi kumush va bittasi bronza medal bo'ldi.

Oltin medal sohibalari — Saodatoy Nosirjonova, Jasmina Madaminova va Nafisa G'ulomova. Kumush medalni Soliha Qodirova va O'g'iloy Imomnazarova qo'lga kiritdi, bronza medalga esa Ibodatoy Abdumutalova sazovor bo'ldi.

Marhamat tumani hokimligi matbuot xizmati bu natijalarni sportchi qizlarning tinimsiz mehnati va kuchli irodasining samarasi sifatida baholadi.