2026-yil 27-oktabr kuni Marhamat tumani yo'llardan foydalanish davlat muassasasida xodimlar o'rtasida korrupsiyaga qarshi kurashishga bag'ishlangan huquqiy targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbirni muassasa yuriskonsulti F. Xoliqov tashkil etdi.
Tadbir O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-sonli Farmoni ijrosi doirasida o'tkazilib, unda korrupsiyaning salbiy oqibatlari, qonun ustuvorligi va huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalalari xodimlarga tushuntirildi.
Shuningdek, korrupsion holatlarga duch kelganda qanday tashkilotlarga murojaat qilish kerakligi va ishonch telefonlari orqali xabar berish imkoniyatlari haqida ma'lumot berildi. Tadbir yakunida xodimlarning savollariga javob berilib, ularga huquqiy maslahatlar taqdim etildi.



