Marhamat tumanida umumta'lim maktablari o'quvchilari o'rtasida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida shaxmat musobaqasining tuman bosqichi bo'lib o'tdi.
Musobaqa qizg'in va murosasiz bellashuvlar bilan kechdi, o'quvchilar o'zaro kuch sinashib, hamjihatlik va g'alabaga intilishni namoyon etdi. G'olib bo'lgan sportchilar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.
Tadbir tashkilotchilari musobaqaning yoshlarni sportga keng jalb etish, sog'lom raqobat muhitini shakllantirish va jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qilganini ta'kidladi.



