Marhamat tumanida 2026-yil 15-oktyabrdan 15-noyabrga qadar "Kuydirgi va quturish kasalliklariga qarshi kurashish oyligi" o'tkazilishi e'lon qilindi.

Tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo'limi ma'lumotiga ko'ra, oylik davomida chorva mollarini kuydirgi kasalligiga qarshi, it va mushuklarni esa quturish kasalligiga qarshi emlash hamda profilaktik tadbirlar o'tkaziladi.

Tuman hokimligi barcha fuqarolardan chorva mollarini o'z vaqtida emlatishni, veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya qilishni va uy hayvonlarini qarovsiz qoldirmaslikni so'ramoqda.

Shuningdek, agar hayvon tishlagan yoki tirnagan bo'lsa, zudlik bilan tibbiyot muassasasiga murojaat qilish zarurligi alohida ta'kidlangan.