Marhamat tumanida Prezidentning kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o'rtasida kitob o'qishga qiziqishni oshirish bo'yicha qaroriga asosan "Eng faol kitobxon tashkilot" ko'rik-tanlovi o'tkazildi. Tadbir tuman hokimi tashabbusi bilan "Kelajak nuri" kutubxonasida tashkil etildi.

Tanlovda tuman hokimi maslahatchisi, Ma'naviyat va ma'rifat bo'linmasi rahbari, ijodkor ustozlar hamda turli tashkilotlar xodimlari ishtirok etdi. Ishtirokchilar test va savol-javobdan iborat ikki shart asosida sinovdan o'tkazildi, davomida davlat tili, nutq madaniyati va kitob mutolaasiga oid ma'lumotlar muhokama qilindi.

Yakuniy natijalarga ko'ra, 1-o'rinni "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi tuman bo'limi, 2-o'rinni tuman tibbiyot birlashmasi, 3-o'rinni esa tuman ichki ishlar bo'limi egalladi.

G'oliblarni tantanali taqdirlash marosimi 21-oktyabr — O'zbek tili bayrami kuni keng miqyosda o'tkazilib, ularga qimmatbaho sovg'alar topshiriladi.