Marhamat tumanida sog'liqni saqlash tizimini yanada rivojlantirish va aholiga ko'rsatiladigan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish maqsadida muhim loyiha amalga oshirildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-393-sonli qarori doirasida Marhamat tuman tibbiyot birlashmasi tarkibidagi 40 o'rinli yuqumli kasalliklar bo'limi binosi rekonstruksiya qilindi va foydalanishga topshirildi. Loyiha uchun jami 6 milliard 400 million so'm mablag' yo'naltirilgan.
Muassasaning ochilish marosimida Marhamat tumani hokimi Ilyosbek Umrzaqov, nuroniylar, tuman faollari hamda tibbiyot xodimlari ishtirok etdi.
Rekonstruksiya natijasida bo'limning moddiy-texnik bazasi yaxshilandi, bemorlar va tibbiyot xodimlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi. Bo'limning zamonaviy talablarga javob beradigan tarzda faoliyat yuritishi yuqumli kasalliklarni aniqlash, davolash va ularning oldini olish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.



