Jalaquduqlik Hoshimova Faridaxon 65 yoshida 142 ball to'plab, oliy ta'lim muassasasiga o'qishga kirishga muvaffaq bo'lgan edi.

Bugun u o'z oldiga qo'ygan maqsadiga erishib, bakalavr diplomini qo'lga kiritdi.

Uning bu yutug'i yoshning orzu-maqsadlar sari intilish uchun to'siq emasligini, ilm olish va yangi marralarni zabt etish uchun hech qachon kech emasligini yana bir bor ko'rsatdi.

Hoshimova Faridaxonning hayot yo'li va erishgan yutug'i ko'pchilik uchun ibrat bo'ldi.