Andijon viloyati prokuraturasi ma'lumot berishicha, Jalaquduq tumani prokurori mahalliy tadbirkorlar bilan navbatdagi uchrashuvini o'tkazdi.

Uchrashuv davomida tumandagi tadbirkorlardan tushgan jami 27 ta murojaat va muammo ko'rib chiqildi. Ulardan 8 tasi tadbir davomida joyida hal etildi.

Qolgan muammolar bo'yicha tegishli davlat organlari va mas'ul tashkilotlarga aniq muddatlarda hal etish yuzasidan topshiriqlar berildi. Prokuratura bu jarayonni nazoratda saqlashini ma'lum qildi.

Bunday uchrashuvlar tadbirkorlik sohasidagi to'siqlarni bartaraf etish va biznes muhitini yaxshilash maqsadida muntazam tashkil etib borilmoqda.



