Jalaquduq tumani prokurori R.Xalilov va tuman hokimi H.Latipov tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, faoliyatdagi mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida tadbirkorlar bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda 35 nafar tadbirkor oʻz faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar va takliflar bilan ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida koʻtarilgan muammolarning 9 tasi joyida oʻz yechimini topdi. Qolgan muammolarni qonuniy yoʻl bilan hal etish boʻyicha tegishli idoralar masʼullariga topshiriqlar berildi, ularning ijrosi nazoratga olindi.



