Jalaquduq tumani hokimi Hikmatillo Abdulhamidovich Latipov "Ikki eshik orasi" asari asosida o'qish marafonini e'lon qildi. Tadbir haqida tuman hokimligining matbuot xizmati o'z Telegram kanalida xabar berdi.

Marafon 4 oktyabrdan 5 noyabrgacha, jami 33 kun davom etadi. Ishtirokchilar "Mutolaa" mobil ilovasi orqali ro'yxatdan o'tib, kuniga taxminan 51 daqiqa mutolaa qilishlari tavsiya etiladi.

G'oliblar test sinovlari va mazmunga oid savollarga berilgan javoblar asosida aniqlanadi. Birinchi o'rin sohibiga 32 dyuymli televizor, ikkinchi o'rin sohibiga oshxona pechi, uchinchi o'rin sohibiga esa changyutgich, barchasiga bir yillik premium a'zolik qo'shimcha qilingan holda taqdim etiladi. Bundan tashqari, eng faol 12 nafar o'quvchi ham "Mutolaa" platformasining bir yillik premium a'zoligiga ega bo'ladi.

Tashabbus aholi, xususan yoshlar orasida kitobxonlikni rivojlantirish maqsadida amalga oshirilmoqda.