Jalaquduq tumanida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida o'tkaziladigan "Maktab ligasi" musobaqalarining volibol sport turi bo'yicha tuman bosqichi bo'lib o'tdi.
Musobaqada 15-17 yoshli, 9-10-11-sinf o'quvchisi bo'lgan o'g'il bolalar o'zaro bellashib, tezkorlik, chaqqonlik, epchillik va strategik mahoratlarini namoyish etdilar.
Musobaqa natijalariga ko'ra, g'oliblik 29-maktab jamoasiga nasib etdi. Ikkinchi o'rinni 8-maktab, uchinchi o'rinni esa 13-maktab o'quvchilari egalladi.



