Izboskan tumani Gudur mahallasida yakka tartibdagi tadbirkor (YaTT) Shaydo Bo'tayeva tashabbusi bilan tashkil etilgan "Jasmin" tikuvchilik markazi bugun o'z faoliyatini boshladi.

Markazning tantanali ochilish marosimida Izboskan tumani hokimi, soha mas'ullari hamda jamoatchilik vakillari qatnashdi.

Yangi tikuvchilik markazining ishga tushirilishi mahallada ayollar bandligini ta'minlash, ular uchun qulay mehnat sharoitlari yaratish hamda oilaviy daromadlarni oshirish yo'lidagi muhim qadamlardan biriga aylandi.

Markaz faoliyati natijasida 30 nafar ayol doimiy ish o'rniga ega bo'ldi.