Izboskan tumani sport maktabi vakili, kanoe-kayak sporti bo'yicha sportchi Shahriyor Mahkamov Xitoyning Xefey shahrida bo'lib o'tgan Osiyo kanoe chempionatida g'olib chiqdi.
Tuman press-xizmati ma'lumotiga ko'ra, sportchi ushbu musobaqada qozongan g'alabasi tufayli 2028-yilda Amerika Qo'shma Shtatlarining Los-Anjeles shahrida bo'lib o'tadigan yozgi Olimpiada o'yinlarida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.
Shuningdek, sportchi yaqinda Yaponiyada o'tkazilgan Osiyo o'yinlarida ham qatnashib, kanoe-kayak sporti bo'yicha oltin medalga sazovor bo'lgani ma'lum qilingan.
Mahalliy hokimiyat vakillari Mahkamovning bu yutug'ini nafaqat sportchining o'zi, balki butun Izboskan tumani va Andijon viloyati uchun muhim natija sifatida baholamoqda.

