Izboskan tumanida "Zulfiya" nomidagi davlat mukofotiga nomzodlarni saralash bo'yicha tuman bosqichi o'z yakuniga yetdi.

Saralashga bilimi va iste'dodi, ijodiy salohiyati, tashabbuskorligi hamda erishgan yutuqlari bilan tengdoshlariga namuna bo'layotgan iqtidorli qizlar jalb etildi. Ishtirokchilar o'z imkoniyat va qobiliyatlarini namoyon etdilar.

Saralash jarayonida nomzodlarning bilim va salohiyati, ijodiy ishlari, erishgan natijalari, shuningdek, jamoat ishlaridagi faolligi va tashabbuskorligiga alohida e'tibor qaratildi. Yakuniy natijalarga ko'ra, belgilangan yo'nalishlar bo'yicha g'oliblar aniqlanib, ularga sertifikat va esdalik sovg'alari tantanali ravishda topshirildi.

Tanlov iqtidorli qizlarni qo'llab-quvvatlash, ularning iste'dodini yuzaga chiqarish, bilim olish va ijodiy izlanishlarga bo'lgan intilishini rag'batlantirishga xizmat qiladi.