Andijon viloyati Izboskan tumanidagi "Kuyganyor" mahalla fuqarolar yig'ini hududidan o'tuvchi D-109 "Namangan shahri — Uychi — Uchqo'rg'on — Haqqulobod — Andijon shahri" avtomobil yo'lining 81-kilometriga yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash maqsadida yangi "Radar" qurilmasi o'rnatildi.

Yangi qurilma yo'l harakati qoidalarining avtomatlashtirilgan tarzda buzilishini fото va video orqali qayd etishga mo'ljallangan. Xususan, qurilma yo'lning yotiq chiziqlari talablariga rioya etmaslik, svetoforning taqiqlovchi ishorasiga amal qilmaslik, qarama-qarshi harakatlanish yo'lagiga chiqish, shuningdek, belgilangan harakat tezligini oshirish holatlarini aniqlaydi.

Andijon viloyati IIB Jamoat xavfsizligini saqlash xizmati Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi haydovchilarni yo'l harakati qoidalariga qat'iy amal qilishga, belgilangan tezlik me'yorini saqlashga va boshqa yo'l harakati ishtirokchilariga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo'lishga chaqirdi.

Ushbu chora D-109 avtomobil yo'lining mazkur qismida yo'l-transport hodisalarining oldini olish va umumiy yo'l xavfsizligini oshirishga xizmat qiladi.