Andijon viloyati Izboskan tumanidagi Mayliso'y hududida aholini sel va toshqin xavfidan oldindan ogohlantiradigan zamonaviy tizim o'rnatilishi rejalashtirilmoqda.
Loyiha Global yashil o'sish instituti (GGGI) va Xalqaro suv resurslarini boshqarish instituti (IWMI) dasturlari doirasida amalga oshirilmoqda.
Ishlarda Ekologiya va iqlim o'zgarishi milliy qo'mitasi, O'zgidromet, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Suv xo'jaligi vazirligi hamkorlik qilmoqda.
Dastur Koreya Respublikasi tomonidan moliyalashtirilmoqda.



