"Besh tashabbus" olimpiadasi doirasida mamlakat mahallalari yoshlari o'rtasida o'tkazilgan "Zakovat" intellektual musobaqasining yakuniy bosqichi bo'lib o'tdi.

Keskin kurashlar ostida kechgan hal qiluvchi bosqichda uch jamoa sovrinli o'rinlarni egalladi: Toshkent viloyati Chinoz tumanining "Tong yulduzi" mahallasi jamoasi birinchi, Sirdaryo viloyati Sardoba tumanining "Qo'rg'ontepa" mahallasi jamoasi ikkinchi, Andijon viloyati Buloqboshi tumanining "Qaqir" mahallasi jamoasi esa uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi.

G'olib va sovrindor jamoalarga diplom va medallar bilan bir qatorda pul mukofotlari ham topshiriladi. Birinchi o'rin uchun 100 million, ikkinchi o'rin uchun 60 million, Buloqboshi tumani "Qaqir" mahallasi jamoasi egallagan uchinchi o'rin uchun esa 40 million so'm mukofot belgilangan.