Buloqboshi tuman tibbiyot birlashmasi "Tibbiyot — korrupsiyadan xoli soha" shiori ostida 28–30 sentabr kunlari "Ochiq eshiklar kuni" tadbirini tashkil etdi.

Tuman ko'p tarmoqli markaziy poliklinikasida tor mutaxassis shifokorlar va malakali oilaviy shifokorlar aholiga chuqur tibbiy ko'rik xizmatlarini bepul asosda ko'rsatmoqda.

Tadbir doirasida aholiga sog'lom turmush tarzi va kasalliklarning oldini olishga oid materiallar ham tarqatilmoqda. Shuningdek, tibbiyot sohasidagi noqonuniy holatlar yuzasidan murojaat qilish uchun 1203 raqamli ishonch telefoni yana bir bor eslatib o'tildi.

Bunday tadbirlar aholining sifatli tibbiy xizmatlardan bepul foydalanishi va tibbiyot sohasida shaffoflikni ta'minlashga xizmat qilmoqda.






