Andijon viloyati Buloqboshi tumanida "Mualliflik huquqini himoya qilish oyi" oyligi doirasida targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbirni Buloqboshi tuman adliya bo'limi xodimlari joriy yilning 23-oktabr kuni tumandagi kutubxona markazida tashkil etdi.
Tadbir "Mualliflik — mening huquqim" va "Kutubxona va mualliflik huquqi: kutubxonachi nimalarni bilishi kerak?" mavzularida o'tkazilib, ishtirokchilarga mualliflik va intellektual mulk huquqlarining asosiy tushunchalari tushuntirildi, shu bo'yicha targ'ibot materiallari tarqatildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarning savollariga ham javob berildi.



