Buloqboshi tumanidagi 5-umumiy o'rta ta'lim maktabining majlislar zalida tuman targ'ibot guruhi a'zolari hamda hamkor tashkilotlar vakillari, shuningdek umumta'lim maktablari psixolog ustozlari ishtirokida "Jaholatga qarshi — ma'rifat" shiori ostida targ'ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida radikallashuv va yot g'oyalarga, giyohvandlikka qarshi kurashish, shuningdek axborot iste'moli madaniyatini shakllantirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Qatnashchilarga kiyinish madaniyati, odob-axloq qoidalari hamda ayollarga xos nazokat va odob borasidagi qarashlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, erta tug'ruq va erta nikohning oldini olish, odam savdosiga qarshi kurashish, yoshlar o'rtasida jinoyatchilik va giyohvandlikning oldini olish bo'yicha targ'ibot guruhi a'zolariga tegishli tavsiyalar berildi.



