Buloqboshi tuman hokimi Furqatbek Bo'taxonov, tuman Ichki ishlar bo'limi boshlig'i Jasurbek Mamatqulov va tuman prokurori Nodirbek Mamatazizov Baland Chek mahalla fuqarolari yig'inida aholi va mahalliy tadbirkorlar bilan uchrashuv o'tkazdi.
Uchrashuvda ishsiz fuqarolarni bandlikka jalb etish, kam ta'minlangan oilalar daromadini oshirish, bo'sh ish o'rinlariga yo'naltirish hamda tadbirkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Natijada mahallada 55 nafardan ortiq fuqaro doimiy ish bilan ta'minlandi, 25 nafardan ortiq kishiga esa imtiyozli kreditlar olish bo'yicha tavsiyalar berildi.
Tuman rahbariyati bunday uchrashuvlarni boshqa mahallalarda ham muntazam davom ettirish rejalashtirilganini ma'lum qildi.



