O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri - Fuqaro muhofazasi boshlig'ining buyrug'iga asosan, Bo'ston tumanida 13-15 oktyabr kunlari boshqaruv organlarining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo'yicha harakatlariga bag'ishlangan qo'mondonlik-shtab o'quv mashqi boshlandi.
Mashg'ulotlar 13-oktyabr kuni soat 07:10da berilgan "Yig'in" signali bilan boshlanib, tuman Bolalar va o'smirlar sport maktabi stadionida tuman favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni tugatish xizmatlari hamda fuqaro muhofazasi tuzilmalarining to'liq saf ko'rigi o'tkazildi.
Kun davomida bir necha o'quv nuqtasida amaliy mashg'ulotlar o'tkazildi. Xususan, "Xovos" paxta qabul qilish punktida favqulodda vaziyat yuzaga kelgan taqdirdagi hamkorlikdagi harakatlar 60 nafar xodim va 10 ta texnika ishtirokida sinovdan o'tkazildi. "Turon - 110/35/10 kV" podstansiyasida esa kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida elektr ta'minotidagi ehtimoliy avariyalarni bartaraf etish bo'yicha amaliy harakatlar 32 nafar xodim va 6 ta texnika ishtirokida bajarildi.
Har bir o'quv nuqtasida jalb etilgan xizmatlar va tuzilmalarning tayyorgarligi mas'ullar tomonidan baholanib, tegishli xulosalar chiqarildi. O'quv mashqlari kelgusi kunlarda ham davom etadi.



