Baliqchi tumanida xitoylik investorlar hamkorligida Katta Andijon kanalining Ormonbek qishlog'idagi gidrouchastkasida kichik gidroelektr stansiyasi — Baliqchi GESi qurilishi yakuniga yetkazilmoqda.

Loyihaning ishlab chiqarish quvvati 1 megavattni tashkil etadi. Stansiya bir soatda 1 megavatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Bu quvvat besh ming xonadonni elektr energiyasi bilan ta'minlashga xizmat qiladi, deb xabar berilmoqda.

Mazkur loyiha qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish, yashil energetikani rivojlantirish va hududning energetika salohiyatini oshirishga qaratilgan.