O'zbekiston Prezidentining 2026-yil 2-iyuldagi PF-122-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Andijon viloyati Baliqchi tumanida baliqchilik sohasini rivojlantirishga bag'ishlangan namoyishli seminar bo'lib o'tdi.

Tadbir "Chinobod real biznes" korxonasi negizida tashkil etilib, unda korxonaning intensiv baliq yetishtirish usullari ishtirokchilarga ko'rgazmali tarzda namoyish etildi.

Seminar davomida intensiv usulda baliq mahsuldorligini oshirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi. Ishtirokchilarga korxonaning amaliy ish jarayoni bilan tanishish imkoniyati yaratildi.

Tadbir doirasida sohaga qiziquvchi tadbirkorlar va mutaxassislar o'zaro tajriba almashish imkoniyatiga ega bo'ldi.