Baliqchi tuman hokimi va uning o'rinbosarlari navbatdagi shaxsiy qabul kunini o'tkazdi. Qabul davomida fuqarolardan turli sohalarga oid jami 49 ta murojaat tushgani ma'lum qilindi.
Murojaatlar sohalar bo'yicha quyidagicha taqsimlangan: sog'liqni saqlash — 5 ta, "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi — 5 ta, bandlik — 2 ta, kadastr — 2 ta, xotin-qizlar masalalari — 6 ta, maktabgacha va maktab ta'limi — 2 ta, bank xizmatlari — 2 ta, hokim o'rinbosarlari vakolatiga oid masalalar — 8 ta.
Qabul chog'ida taqdim etilgan murojaatlardan 10 tasi joyida hal qilindi, qolganlari esa mas'ul mansabdor shaxslarga topshirilib, ijrosi nazoratga olindi.
Tuman rahbariyati bunday qabullarni muntazam tashkil etish orqali aholi murojaatlariga tezkor javob berishni maqsad qilganini ta'kidladi.



