Asaka tumani Shoʻrqishloq mahalla fuqarolar yigʻini hududida yashovchi yosh sportchi Muhammadzohid Tolibov Bozorboy oʻgʻli karate WKF boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida yuqori natija koʻrsatdi.

2026-yil 6–11-oktyabr kunlari kichik oʻsmirlar va oʻsmirlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan musobaqada u fahrli ikkinchi oʻrinni egalladi.

Asaka tumani hokimligi matbuot xizmati yosh sportchini ushbu yutugʻi bilan tabriklab, unga kelgusi musobaqalarda ham yuqori natijalarga erishishini tiladi.