Asaka tumani hokimi N. Mo'minov Arg'in mahalla fuqarolar yig'ini hududida ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan «Axella Style Group» MChJ to'qimachilik korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida korxonani ishga tushirishga to'sqinlik qilayotgan muammolar muhokama qilindi va ularni bartaraf etish choralari ko'rib chiqildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, korxona to'liq ishga tushirilgach, 400 nafar ishsiz fuqaroni doimiy ish bilan ta'minlash rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan mahalla faollariga Arg'in MFY va unga yaqin atrofdagi mahallalardagi ishsiz fuqarolar ro'yxatini shakllantirish vazifasi yuklatildi — bu ish o'rinlariga nomzodlarni aniqlash jarayonini tezlashtirishga xizmat qiladi.