Asaka tumanida ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolar bilan mahallalarda o'tkaziladigan sayyor qabullar endilikda tuman bo'ylab har bir mahalla kesimida izchil tarzda davom ettiriladi.
Navbatdagi bunday qabul Qayrog'och mahalla fuqarolar yig'inida bo'lib o'tdi. Uchrashuv davomida aholining bandligini ta'minlash, daromadlarini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yish hamda ijtimoiy himoya bilan bog'liq murojaatlar tinglandi.
Har bir murojaat bo'yicha mas'ul xodimlar tomonidan tegishli choralar belgilandi.
Tuman hokimligi matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, bu amaliyot endi vaqti-vaqti bilan emas, balki barcha mahallalarni izchil qamrab oladigan kengaytirilgan dastur sifatida davom ettiriladi.



