Asaka tuman prokurori A.D. Mirzakarimov O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026–2028-yillarda mamlakatni ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risidagi 393-sonli qarori ijrosini o'rgandi.
Shu doirada tuman prokurori Asaka tumanida 2026-yilgi sarmoya dasturi asosida Qadriyat mahalla fuqarolar yig'inida qurilish ishlari olib borilayotgan qozonxonada bo'lib, qurilish jarayoni bilan tanishdi.
O'rganish davomida sovuq tushgunga qadar qurilish ishlarini sifatli yakunlash hamda qish mavsumida aholini issiqlik ta'minoti bilan ta'minlash choralarini ko'rish yuzasidan mas'ullarga zarur ko'rsatma va ogohlantirish berildi.



