"Mega-Tech Solutions" MChJ rahbari Sardor Ortiqov "Eng namunali vakolatli iqtisodiy operator", "Ist kan servis" MChJ savdo bo'limi rahbari Daler Mirabidov "Eng yaxshi bojxona hududida qayta ishlovchi", "Yangiyer maxsuloti" MChJ rahbari Xikmatulla Faizi esa "Eng yaxshi bojxona hududida qayta ishlovchi xorijiy korxona" nominatsiyalari bo'yicha e'tirof etildi.

Bundan tashqari, "Okard" MChJ rahbari Komilaxon Maxamadjonova "Eng yaxshi ayol tadbirkor" nominatsiyasiga sazovor bo'ldi, "Loretto Invest Team" MChJ rahbari A'loxo'ja Rustamovga esa "Vakolatli iqtisodiy operator" nominatsiyasi topshirildi.

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi bildirishicha, bunday e'tirof tadbirkorlarning mehnati va tashabbuslarini rag'batlantirish, ularning bojxona organlari bilan hamkorligini mustahkamlash hamda mamlakat iqtisodiyoti rivojiga qo'shayotgan hissasini qadrlashga xizmat qiladi.