Andijon viloyatida yuk avtomobillarining texnik holatini nazorat qilish, yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash va yo'l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Tadbirlar davomida belgilangan muddatlarda majburiy texnik ko'rikdan o'tkazilmagan yuk avtomobillari aniqlanib, ularning haydovchilariga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda chora-tadbirlar ko'rilmoqda.

Andijon viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati haydovchilarni yuk avtomobillarini belgilangan muddatlarda texnik ko'rikdan o'tkazishga va transport vositasining texnik sozligiga alohida e'tibor qaratishga chaqirmoqda.