Andijon viloyati Bolalar ko'p tarmoqli tibbiyot markazida "Sog'lom kelajak" nomli xayriya aksiyasining navbatdagi, eng mas'uliyatli bosqichi boshlandi.

Taxminan o'n kun oldin turkiyalik malakali plastik va umumiy jarroh shifokorlar ishtirokida bolalarni bepul tibbiy ko'rikdan o'tkazish boshlangan edi. Ko'rik natijalariga ko'ra, jarrohlik aralashuvi talab etiladigan holatlar aniqlangan.

"Bolalarni qo'llab-quvvatlash" jamoat fondi tashabbusi bilan Turkiyadan taklif etilgan tajribali mutaxassislar 28-sentyabrdan 4-oktyabrgacha Andijonda bo'lib, mahalliy shifokorlar bilan hamkorlikda 100 nafardan ortiq bolada murakkab jarrohlik amaliyotlarini bepul asosda o'tkazishadi.

Hozirda jarrohlik amaliyotlari davom etmoqda, aksiya yakunlanguniga qadar yana ko'plab bolalar malakali tibbiy yordam olishi kutilmoqda.