Andijon viloyatida ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘quvchisi bo‘lgan bir qizni piyodalar o‘tish joyida urib yuborib, hodisa joyini tark etgan haydovchi haqida xabar tarqalgan edi.

Ushbu holat Andijon viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganildi. Natijada hodisaga aloqador avtomobil hamda uni boshqargan haydovchining shaxsi aniqlandi.

Boshqarma ma’lumotiga ko‘ra, hozirgi kunda voqea yuzasidan belgilangan tartibda surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Tergov yakunlariga ko‘ra, haydovchiga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan tegishli choralar ko‘rilishi kutilmoqda.