Andijonda O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi migratsiya va personallashtirish departamenti hamda O'zbekiston Respublikasi Notarial palatasi qo'shma ko'rsatmasi ijrosi yuzasidan Andijon viloyati IIB Migratsiya va personallashtirish boshqarmasi va Notarial palatasining viloyat hududiy boshqarmasi hamkorligida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda ikki idora vakillari migratsiya va notarial faoliyatda uchrayotgan masalalar, shuningdek fuqarolarga xizmat ko'rsatish jarayonida hamkorlikni takomillashtirish yuzasidan fikr almashdilar.
Xususan, voyaga yetmaganlarga xorijga chiqish uchun biometrik pasport rasmiylashtirishda notarial tasdiqlangan hujjatlar va ota-onalar yoki qonuniy vakillarning roziligini rasmiylashtirish tartibiga alohida e'tibor qaratildi. Davra suhbati yakunida fuqarolarga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan takliflar bildirildi.



