Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi Qidiruv shu'basi tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan tadbirlar natijasida kredit evaziga sotib olingan avtomobil topildi. So'z borayotgan Chevrolet Onix markali avtomobil ilgari qidiruvga berilgan edi.
Ma'lum bo'lishicha, mazkur avtomobil kredit mablag'lari evaziga xarid qilingan, biroq keyinchalik qidiruvga qo'yilgan. Byuro xodimlari qidiruv tadbirlari davomida ushbu avtomobilni aniqlashga erishdilar.
Avtomobil topilganidan so'ng ijro harakatlari davom ettirildi va natijada 67 million so'm miqdoridagi qarzdorlik undirilishi ta'minlandi.
Majburiy ijro byurosi tomonidan sud hujjatlari va boshqa vakolatli organlar hujjatlarining ijrosini ta'minlash, qarzdorliklarni qonuniy tartibda undirish, shuningdek, fuqarolar va tashkilotlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.



