Andijon viloyati bojxona boshqarmasining "Do'stlik" chegara bojxona postida O'zbekistondan Qirg'iziston tomon chiqib ketayotgan "Volvo" rusumli avtomobil haydovchisi bojxona nazorati jarayonida xodimlarda shubha uyg'otgan.
Shu sababli avtomobilning salon qismi bojxona ko'rigidan o'tkazilgan, shuningdek haydovchining shaxsiy buyumlari ham tekshirilgan. Tekshiruv Chegara xizmati vakillari bilan hamkorlikda olib borilgan.
Tekshiruv davomida og'zaki so'rov chog'ida haydovchi tomonidan aytilmagan va rasman deklaratsiya qilinmagan pul mablag'i aniqlangan. Qo'l sumkasi hamda kiyimining ichki cho'ntagiga yashirilgan holda jami 34 ming AQSH dollari topilgan.
Mazkur holat yuzasidan hozirda qonunda belgilangan tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



