Andijon viloyati bojxona boshqarmasida Bojxona qo'mitasi raisi A. Mavlonov ishtirokida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbir davomida bir guruh tadbirkorlar munosib taqdirlangach, ularning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglandi.

Muloqot chog'ida ko'tarilgan muammoli masalalardan biri — Toshkent shahridagi "Temur Med Techinical" MChJ tomonidan olib kelingan tibbiyot jihozlarining o'z vaqtida ro'yxatdan o'tkazilmaganligi sababli bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida yuzaga kelgan qiyinchilik bo'ldi.

Tadbirkorning murojaati tegishli tashkilot vakillari bilan hamkorlikda tezkorlik bilan joyida ko'rib chiqildi va muammo hal etildi.