Andijon shahridagi Bobur shahri hududida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish va aholi, ayniqsa yoshlar o'rtasida jismoniy faollikni oshirish maqsadida ommaviy yugurish marafoni bo'lib o'tdi.

Marafonda 8 mingdan ziyod kishi ishtirok etdi. Ishtirokchilar "Harbiy yugur", "Talaba-yugur" va "Inson uchun" yo'nalishlari bo'yicha musobaqalashdi — ular Bobur shahriga kirish qismidan start olib, Vatanparvar bog'igacha bo'lgan masofani bosib o'tdilar.

Tadbirda Andijon viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari ham faol qatnashib, sport va sog'lom turmush tarziga bo'lgan intilishlarini namoyon etdi.

Marafon yakunida g'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.