Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi 2026-yil sentyabr oyi yakunlari bo'yicha hududlarda olib borilgan nazorat ishlari tahlilini e'lon qildi. Tahlilga ko'ra, viloyatda eng ko'p ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan to'rt hudud aniqlangan.
Ro'yxatga Asaka tumani, Baliqchi tumani, Andijon shahri va Xo'jaobod tumani kiritilgan. Bayonnomalar asosan yerdan foydalanishdagi qoidabuzarliklar, ruxsatsiz qurilish ishlari va boshqa huquqbuzarlik holatlari yuzasidan rasmiylashtirilgan.
Boshqarma ta'kidlashicha, ma'muriy bayonnomalar orqali qonuniylikni ta'minlash, yer resurslaridan maqsadli foydalanish va yer nazorati sohasidagi tartibni saqlash ko'zda tutilgan.



