Andijon viloyatining shahar va tumanlarida sel-suv toshqinlarining oldini olish, kuchli yog'ingarchiliklar oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan favqulodda vaziyatlar xavfini kamaytirish maqsadida keng qamrovli tozalash, ta'mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, hududlardagi sel yo'llari, ariq va zovurlar, suv o'tkazish kanallari hamda drenaj tarmoqlari loyqa, qum-shag'al va turli chiqindilardan tozalanmoqda. Shuningdek, suv o'tkazish inshootlarining holati o'rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda suvning erkin oqib o'tishini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Mazkur tadbirlar yog'ingarchilik vaqtida suvning to'planib qolishi, aholi xonadonlari, ijtimoiy soha obyektlari, avtomobil yo'llari va ekin maydonlarini suv bosishining oldini olish, shuningdek, sel oqimlarining salbiy oqibatlarini kamaytirishga xizmat qiladi.



